So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

01 may 23:25
Yangiliklar

Kurash, Boshqalar

“Kurash hadisi” yoki “kurash ilmi” tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?

Teglar :  Bel olish
Birinchi maqola.

Avvalo, “kurash hadisi” to'g'risida so'z ketganda, uni to'liq anglamoq lozim. O'zbek tili izohli lug'atining ikkinchi tomida shunday yozilgan: «Hadis — Muhammad sallallohu alayhi vasallam(payg'ambar)dan qolgan gap-so'z hamda payg'ambar haqidagi rivoyatlar va hikoyalar».

Nima sababdan aynan «kurash hadisi» atamasining ishlatilishi va uni teranroq tushunmoq uchun bir qancha diniy ulamolar va olimlarning asarlariga murojaat qilishimizga to'g'ri keldi. Ularning takidlashicha, «hadis» haqiqatan ham payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan qolgan gap-so'zlar hamda payg'ambar (s.a.v.) haqidagi rivoyatlar, hikoyalardir.

Kurash hadisi haqida so'z ketganda, uni «kurash ilmi» deb qaragan maqul. SHuningdek, uni har doim «kurash ilmi» atamasi bilan yozish, aytish, tushuntirish har tomonlama maqsadga muvofiq. CHunki, u har doim ilmiy nuqtai nazardan o'zgarib, to'ldirilib borilishi mumkin.

«Kurash ilmi»ga doir kitoblar turkiy mamlakatlar, ayniqsa O'zbekistonda bir necha asrlar mobaynida mavjud bo'lgan. Dastavval u arab imlosida yozilib, bizgacha to'la kitob holida etib kelmagan. Tadqiqotlar tufayli kurash ilmi haqida nuroniy pahlavonlarning hikoyalariga asoslanib bir qancha malumot yig'ishimizga to'g'ri keldi.

Ularning aytishicha, zo'riqish belga borib taqaladigan, bir qancha yo'nalishlarni o'zida mujassam qilgan, amallarga tayanib raqibning elkasini erga tekkizish – kurash deyiladi.

Kurash qoidasiga esa shunday izoh beradilar: «Ushbu qoidada oldindan belbog' ushlashmay tashlanish, raqib belbog'idan bir qo'l bilan ushlab yoki ikki qo'l bilan ushlab, uni chalib va chalmay amal bajarish hamda beldan quchoqlab, jismoniy kuch ishlatib, ko'tarib tashlash – bu kurash».

Ana shu maqsadga erishish uchun har qanday raqibga jismoniy kuch ishlatish paytidagi harakat – bu olishdir, deb takidlaydi.

SHuningdek, zo'riqish belga taqalgan kurashlarning barchasini bel olish kurash deb aytishadi va unga quyidagicha izoh berishadi:

a) amalni bajarish bel orqali bo'lib, belbog'ni ikki qo'l bilan ushlab, qo'lni qo'yib yubormay chalib yoki chalmay amallar qo'llash – bu bel olish kurashi;

b) amalni bajarish bel orqali bo'lib, belbog'ni ikki qo'l bilan ushlab, qo'lni qo'yib yubormay ko'tarib chalmay amallarini qo'llash – bu bel olish kurashi;

v) amal bajarish bel orqali bo'lib, belbog'ni ikki qo'l bilan ushlab, so'ng bir qo'lni qo'yib yuborib bir qo'l panja bilan belbog' ushlab chalib yoki chalmay amallarni qo'llash – bu bel olish kurashi deyiladi.

Biz takidlayotgan kurash ilmi kitobida umuman kurash xaqida so'z borib, uning har bir turiga alohida to'xtalib o'tiladi. Quyida ushbu qo'llanmadagi bel olish kurash haqida so'z yuritamiz, unda axloq, odob, tarbiya, badanni chiniqtirish, pahlavonlarning o'zini qanday tutishi, kuchsizlarga ko'mak berish hamda bel olish kurashidagi amallar va unga doir bir qancha ilmiy qarashlarni bayon qilamiz.

Keksa pahlavonlarimiz esa ozmi-ko'pmi ularga amal qilishgan. Bel olish kurash davralarida pahlavonlar odob saqlab jim o'tirishgan, sayil davralarida ularni o'rtaga bel olishga taklif qilishmaguncha, o'zlari birov bilan kurashaman, deb o'rtaga chiqmagan. Pahlavonlar odob yuzasidan hech qachon ko'pchilik oldida yalang'och badanini ko'rsatmagan.

Bel olish kurashida polvon g'alaba qozonganidan keyin navbatda turgan pahlavonlar bilan birin-ketin, to mag'lubiyatga uchramaguncha bel olishgan. Basharti u bel olishni ixtiyor etmasa, uning raqibi bel olishni davom ettirgan, shu saylda boshqa pahlavonlar bilan yana uchrashish huquqidan mahrum etilgan.

Agarda bir tarafdagi pahlavonlarning hammasini mag'lub etsa, unga bir nechta tomondan talab tushsa, kim bilan bel olishishni o'zi hal qilgan. Lekin mag'lubiyatga uchradi, deb ovoza qilinmagan. Pahlavonlar yiqitgan raqibining o'rnidan turib olishiga ko'mak berishgan. Pahlavonlar bel olish kurashi amallarini puxta egallashlari uchun shogirdlikka tushib, tarbiya ko'rgan. Pahlavonlarga bel olish kurashi amallarini o'rgatishdan tashqari, ularni jismoniy mashqlar, ahloq-odob va boshqa bir qancha yo'nalishlar bo'yicha tarbiyalashgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing