10 may 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan qaror! Genri Sexudo chempion sifatida UFCdagi faoliyatini yakunladi
Ikki vazn toifasida UFC chempioni, erkin kurash bo'yicha Olimpiadaning oltin medali sohibi Genri Sexudo kutilmaganda faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Amerikalik 33 yoshli Sexudo bugun AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida o'tkazilgan UFC 249 turnirida Dominik Krusga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.
Aynan bugungi g'alabali jangidan so'ng Genri Sexudo faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Uning MMAdagi natijasi 16 g'alaba va 2 mag'lubiyat edi. Ketma-ket qozonilgan oltinchi g'alabadan so'ng Sexudo boshini baland ko'targan holda oktagondan ketdi.
Genri Sexudoning bugungi jangidan suratlar
Havola :
Fikrlar