14 may 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Mutlaq jahon chempioni nomini aniqlab berishi kerak bo'lgan jang bekor qilindi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni nomini aniqlab berishi kerak bo'lgan amerikalik Teofimo Lopes hamda ukrainalik Vasiliy Lomachenko o'rtasidagi jang o'tkazilmaydi.
Bu malumotni Lopesning shaxsan o'zi tasdiqladi. Bunga Vasiliy Lomachenkoning Ukrainadan chiqib keta olmasligi sabab bo'lgan. Birlashtiruvchi chempionlik jangi AQSHda o'tkazilishi kerak edi.
Teofimo Lopes (15-0, 12 KO) ayni paytda IBF chempioni bo'lib turibdi. Qolgan uchta chempionlik kamari Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO)ga tegishli.
"Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang bo'lmaydi. U hozir Ukrainada va parvozga taqiqlar sabab AQSHga uchib kela olmaydi. Biz Devin Xeyni bilan jang qilishga urinib ko'rdik, ammo ular buni xohlashmadi. Afsuski, IBFning Top-15 reytingidan joy olgan bokschilarning deyarli barchasi AQSHdan tashqarida", - dedi Lopes.
Havola :
Fikrlar