05 iyu 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar: UFC chempioni koronavirusga chalingani haqida gapirdi
UFCning ikki vazndagi chempioni Amanda Nunes koronavirusga chalingani haqida gapirdi.
"Men Las-Vegasdagi konferenciyada bo'ldim. U erda butun dunyodan odamlar bor edi, ularning ko'pi bilan tanishdim. Uyga qaytganimda esa mazam bo'lmay qoldi. Koronavirus alomatlari paydo bo'lgandi.
Endi esa UFCga borib anig'ini bilmoqchiman. Safardan qaytib darxol uyda yotdim. Avval tanam xech qachon bunaqa og'rimagandi.
Ikki-uch kun o'rnimda yottim. Keyin esa dugonam Nina ham kasal bo'ldi. SHuning uchun men koronavirusga chalindim deb o'ylayman va endi bu kasallikka imunitetim bor. Yaqin orada anig'ini bilib olaman", - dedi Nunes.
Eslatib o'tamiz, Nunes 7 iyun tongida UFC 250 turniri doirasida Feliciya Spenserga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar