17 jan 19:27
Yangiliklar
Futbol
Kvaracxeliya PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Napoli" hujumchisi Xvicha Kvaracxeliya Parijda va yaqin vaqtlarda "Pari Sen-Jermen" bilan shartnoma imzolash oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Oldinroq, Kvaracxeliyaning "Napoli"dan transfer narxi 70 mln evroni tashkil etishi xabar qilingandi. Hujumchining PSJ bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.
23 yoshli Xvicha Kvaracxeliya joriy mavsum A Seriya doirasidagi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar