01 fev 08:28
Yangiliklar
Futbol
La Liga. "Barselona" mehmonda "Elche"ga 3 ta gol urdi
La Liga 22-tur doirasidagi "Elche" - "Barselona" o'yini bo'lib o'tdi.
6-daqiqadayoq “Barselona” Lamin Yamalning goli bilan hisobni ochdi. Alvaro Rodriges 29-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo Ferran Torres 40-daqiqada kataloniyaliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan Markus Reshford 72-daqiqada o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
“Barselona” 22 o'yindan so'ng 55 ochko bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, undan bitta kam o'yin o'tkazgan “Real” hisobida esa 51 ochko bor.

Havola :
Manba : Championat.asia
Fikrlar