24 avg 08:59
Yangiliklar
Futbol

La Liga. "Barselona" mehmonda "Levante"ga qarshi 0:2ni 3:2ga aylantirdi
Ispaniya La Ligasining 2-turi doirasida "Barselona" mehmonda "Levante" klubiga qarshi maydonga tushdi.
Birinchi bo'limda "Levante" Ivan Romero (15) va Xose Luis Morales (45+7)ning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi.
"Barselona" esa 49-daqiqada Pedri va 52-daqiqada Ferran Torresning gollari evaziga hisobni tenglashtirdi. 90+1 daqiqada mezbonlar o'yinchisi Unai Elxesabal o'z darvozasini nishonga olib qo'ydi va "Barselona" g'alabani ilib ketdi.
Havola :
Fikrlar