19 jan 09:35
Yangiliklar
Futbol
La Liga. "Barselona" mehmonda "Real Sosedad"ga mag'lub bo'ldi
Ispaniya La Ligasining 20-tur doirasidagi "Real Sosedad" - "Barselona" o'yinida uchta gol urildi.
Dastlab "Barselona"ning ikki goli fol va ofsayd sabab bekor qilindi. SHundan so'ng mezbonlar o'yinchisi Mikel Oyarsabal 32-daqiqada hisobni ochdi. 70-daqiqaga kelib zaxiradan o'yinga qo'shilgan Markus Reshford muvozanatni tikladi. Ammo oradan bir daqiqa o'tib, mezbonlar hujumchisi Gonsalu Gedesh jamoasiga uch ochko keltirgan golga mualliflik qildi.
"Barselona" ayni paytda 20 ta o'yindan so'ng 49 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, "Real" hisobida 48 ochko bor. "Real Sosedad" esa 24 ochko bilan 8-o'ringa joylashgan.

Havola :
Fikrlar