So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

20 jan 10:20
Yangiliklar

Futbol

La Ligada navbatdagi "O'G'RILIK"! VAR Lamin Yamalning golini bekor qilishda xato kadrni tanladimi?

"Anoeta" stadionida kechgan bahsda yuzaga kelgan ofsayd bilan bog'liq vaziyat butun dunyo futbol jamoatchiligini oyoqqa turg'izdi

Archivo VAR nashrining xabariga ko'ra, yarim avtomatik ofsayd tizimi (SAOT) Lamin Yamalning golini ko'rib chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ygan. "Real Sosedad" hamda "Barselona" o'rtasidagi bahsdan (2:1) so'ng VAR bo'yicha etirozlar paydo bo'ldi.

Muammo nimada?

Asosiy etiroz VAR hakamlari tomonidan tanlangan kadr (freym) bilan bog'liq. Qoidaga ko'ra, ofsayd chizig'i to'pga so'nggi bor tegilgan soniyada chizilishi kerak. Biroq elon qilingan suratlarda ko'rinib turibdiki:

Tanlangan kadr: VAR Kunde to'pga tegib bo'lgan, kechikib tanlangan kadrni ishlatgan.

Haqiqiy holat: To'pga oxirgi tegilgan soniyada Lamin Yamalning oyog'i chiziq ustida (ofsaydsiz holatda) turgan bo'lgan.

Natija: Kechikib olingan kadr tufayli Yamalning oyog'i ofsayddadek ko'ringan va gol bekor qilingan.

"Bu bolalar bog'chasi emas, bu La Liga!"

Ispaniyalik ekspertlar va "Barselona" muxlislari ushbu qarorni "navbatdagi o'g'rilik" deb atashmoqda. Texnologiyalar inson omilini kamaytirishi kerak edi, biroq kadrni tanlashdagi xatolik o'yin taqdiriga bevosita tasir ko'rsatdi. Archivo VAR nashri "SAOT Anoetada yana qovun tushirdi" deya keskin fikr bildirgan.

Hozircha La Liga rahbariyati yoki Hakamlar qo'mitasi ushbu vaziyat bo'yicha rasmiy bayonot bergani yo'q. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu kadr bo'yicha bahslar tinmayapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing