21 noy 19:16
Yangiliklar
Lamin Yamalga mukofot topshirildi + FOTO
"Barselona"ning istedodli futbolchisi Lamin Yamalga "Marca" nashri tomonidan mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga topshiriladigan Alfredo Di Stefano nomidagi nufuzli mukofot berildi.
Yamal uchun bu mukofot uning tez rivojlanishining yana bir tasdig'idir. Futbolchi individual mukofotlar jamoaning kuchli mavsumini aks ettirishini takidladi va bunday yutuqlar uni yanada ko'proq ishlashga ilhomlantirishini takidladi.
Yamal marosimdan so'ng La Liga va CHempionlar Ligasidan tortib "Oltin to'p" va Jahon chempionatigacha bo'lgan barcha sovrinlar uchun kurashish niyatini bildirdi:
"Men hamma narsani yutishni xohlayman. O'ynar ekanman, buning iloji bor", – dedi u.
Lamin Yamal joriy mavsum 11 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta to'p kiritdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar