19 mar 18:45
Yangiliklar
Laporta "Barselona" "Kamp Nou"dan ko'chishini elon qildi
Klub prezidenti Joan Laportaning takidlashicha, 1,5 yil davom etadigan "Kamp Nou"ga tom o'rnatish ishlari stadionda o'yinlarni o'tkazishni imkonsiz qilib qo'yadi va buning natijasida jamoa yana ko'chib ketishiga to'g'ri keladi. Biroq "Monjuik" stadioniga emas, balki o'zining Yoxana Kroyf nomidagi arenasiga:
"Tomni o'rnatish paytida – 2027 yilning yozidan boshlab Yoxan Kroyf stadioni qisqa muddatda bazi o'yinlar uchun alternativa bo'ladi. Biz uning stadionini 10 ming o'ringa kengaytirmoqchimiz. Sant-Joan-Despi municipaliteti bunga qarshi emas, biz "Monjuik"ka qaytishni xohlamaymiz.
Stadion qurib bitkazilgach, biz 450 million evro daromadga erishamiz. Hozirda bizda 125 million evro bor, bu kutilganidan ko'proq", – dedi Laporta.
Fikrlar