So’nggi yangiliklar

17:12Мовсар Евлоев Лерон Мёрфи устидан қозонган ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 16:51Дана Уайт Евлоев — Волкановски эҳтимолий чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 16:30Кенан Йилдиз "Ювентус"да замонавий рекорд ўрнатди 0 16:09Жон Жонс Алекс Перейрага қарши жанг нега бекор бўлганини тушунтирди 0 15:48Дана Уайт Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:27Том Аспиналл оғир кўз жароҳатидан кейинги тикланиш жараёни ҳақида гапирди 0 15:06Моуриньюнинг "Бенфика"си чемпионатда мағлуб бўлгани йўқ 0 14:45Евлоев ўз дивизионида бир кўрсаткич бўйича Волкановскига етиб олди 0 14:24Иман Хелиф профессионал рингда дебют қилади 0 14:03Гимнастикачи қизларимиз Минск турнирида 6 та медаль қўлга киритишди 0 13:42Артета Лига кубогини ютишга ишонмоқда 0 13:21Жаррелл Миллер кубалик боксчига қарши рингга кўтарилади + ПОСТЕР 0 13:00Чарм қўлқоп устамиз проф боксдаги мағлубиятсиз юришини давом эттирди 0 12:39Мавлуд Тифиевнинг Mangu 2 турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 12:18"Барселона" Испания термаси дарвозабони билан шартнома имзолаши мумкин 0

17 dek 18:30
Yangiliklar

Futbol

Lazizbek Mirzaev "Leganes"ga o'tdimi yoki "Leganes B"?

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik yarim himoyachi Lazizbek Mirzaev Ispaniyaning "Leganes" klubiga ko'chib o'tdi.

Kuni kecha futbolchi yangi klubi ixtiyoriga borib qo'shildi. Ko'pchilikda Mirzaev "Leganes B"ga o'tdimi degan savollar paydo bo'lmoqda. Biz futbolchining huquqini himoya qiluvchi "Football Group" agentligiga shu savol bilan yuzlandik.

"Lazizbek Mirzaev Ispaniyaning "Leganes" klubi bilan shartnoma tuzgan. SHartnomada "Leganes B" "Leganes S" degan narsalar yo'q, futbolchi "Leganes" klubiga tegishli. 18 yoshli futbolchi dastlabki oylarni "Leganes"ning U-19 jamoasi tarkibida o'tkazadi. Bu yosh futolchilarning klubga moslashishi uchun juda ham zarur. Mirzaev 18 yoshida darhol La ligada o'ynab ketmasligini ko'pchilik yaxshi tushunib turibdi. Klub murabbiylari jamoaga kelgan braziliyalik yoki argentinalik futbolchilarni ham dastlab yoshlar jamoalarida maydonga tushirishadi, shundan keyin asosiy jamoaga qo'shishadi.

"Leganes B" Ispaniya to'rtinchi ligasida ishtirok etadi va bu jamoa saviyasi "Leganes" U-19'dan pastroq. Sababi U-19 jamoasi "Real", "Barselona" va "Atletiko" kabi klublarning U-19 jamoalariga qarshi o'ynaydi. Yani saviya 4-ligadan ancha baland. Bundan tashqari Mirzaev O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etishi kerak. SHu sabab ham futbolchi har hafta to'laqonli o'yin amaliyotiga ega bo'lishi juda ham zarur", - deb javob berdi "Football Group" agentligi xodimi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing