21 sen 09:16
Yangiliklar
Futbol

“Lester” APLda 87 yil qayd eta olmagan natijasiga erishdi
“Lester” klubi Angliya Premer ligasi 2-turi doirasida “Byornli”ni 4:2 hisobida engdi.
“Tulkilar” 1-tur bahsida esa “Vest Bromvich”ni 3:0 hisobida mag'lub etgan. SHu tariqa “Lester” APLning 2020/21 yilgi mavsumining dastlabki 2 turida 7 ta gol urdi. Klub bunday natijaga o'z tarixdida faqat 3 marta erishgan. So'nggisi esa 87 yil oldin qayd etilgandi.
“Lester” 1926/27 yilgi mavsumi dastlabki 2 ta bahsida 8 ta, 1933/34 yilgi mavsumda avvalida esa 7 ta gol urgandi. Jamoa ushbu mavsumlarning birinchisida 7-o'rinni, ikkinchisida esa 17-pog'onani band etgan.
Havola :
Fikrlar