25 sen 09:07
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/236832_220.jpg)
Leyver Kubogi. Novak Jokovich g'alaba bilan boshladi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha Leyver Kubogi davom etmoqda.
Musobaqaning uchinchi kuni dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan Novak Jokovich ATP reytingida 19-pog'onadan joy olgan AQSH vakili Frensis Tiafoni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 6 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirdi. Novak ushbu g'alabasi evaziga Evropa terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 6:4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar