16 iyu 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Liana Jojuaning raqibasi malum, u "Jangchilar oroli"da oktagonga chiqadi + POSTER
"Sportchilar ijtimoiy tarmoqda" sahifamiz qirolichasi Liana Jojuaning navbatdagi jangi qachon, qaerda va kimga qarshi o'tkazilishi malum bo'ldi.
Jojua 15 iyul kuni Abu-Dabidagi "Jangchilar oroli"da oktagonga chiqadi. Uning raqibasi ruminiyalik Diana Belbita bo'ladi.
Malumot uchun, 25 yoshli Jojua Gruziyada dunyoga kelgan. Hozirda Rossiya sharafini himoya qiladi. SHu kungacha 61 kg vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelgan Liana bu safar 57 kg vaznda oktagona ko'tariladi.
Jojua MMA olamida jami 10 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 7 tasida g'alaba qozongan. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor. Uning raqibasi bu borada tajribali jangchi hisoblanadi. Belbita 22 ta jangining 17 tasida zafar quchib, 5 marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 15 iyul kungi jang ularning har ikkisi uchun UFC promoushenidagi ikkinchi jang bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar