05 iyu 13:34
Yangiliklar
Parij-2024
Licenziat kamonchilarimiz Toshkentda yig'in o'tkazishmoqda
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash markazida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
Mashg'ulotlarga Parij-2024 licenziatlari Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqovdan tashqari terma jamoaning boshqa azolari ham jalb qilingan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston delegaciyasi mazkur sport turida Olimpiya o'yinlarida debyut qiladi va ilk ishtirokining o'zida 3 ta licenziyaga sazovor bo'lgan. Parij-2024 doirasida kamondan otish bahslari 25 iyul – 4 avgust kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar