22 noy 15:47
Yangiliklar
Futbol
"Liga kuchayib qolmadi": La Liga prezidenti Saudiya Arabistoni chempionatini tanqid qildi
Yulduzli o'yinchilar, xususan, Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning ketishi bilan Ispaniya ligasi o'z qiymatini yo'qotdi, La Liga prezidenti Xaver Tebas bundan afsuslanishini bildirdi.
Ammo u boshqa ligalarni tanqid qilishni ham unutmadi. Tebas yulduz o'yinchilarni sotib olish Saudiya Arabistoni Pro Ligasining o'sishiga yordam bermaganini aytdi.
"Men Messi, Krishtianu, Mourinyu, Gvardiola — ularning barchasini afzal ko'raman... Biroq bu barqaror o'sishning kaliti emas. O'yinchilar kelib-ketishadi, ulug'lik esa klublar va kuchli liga bilan belgilanadi. Saudiya Arabistoni ligasiga qarang — ularda ko'plab yulduzlar bor, lekin ular kuchayib qolgani yo'q", – dedi Tebas.

Havola :
Fikrlar