24 sen 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Linares 46-jangida WBC kamarini himoya qildi
Venesuelalik Xorxe Linares britaniyalik Lyuk Kempbellni mag'lubiyatga uchratib, engil vazn toifasida o'ziga tegishli WBA chempionlik kamarini himoya qildi.
AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahridagi “Forum” arenasida bo'lib o'tgan boks oqshomida amaldagi chempion 12 raund yakunlariga ko'ra 115:112, 114:113, 113:115 hisobida raqibini taslim etdi. Hakamlardan biri 115:113 hisobida g'alabani Kempbellga taqdim etdi.
Bu 32 yoshli Linaresning
faoliyatidagi 46-jang sifatida qayd etildi. Ushbu janglarning 43 tasida zafar quchgan.
Qolgan 3 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Havaskor boksda London Olimpiadasi
chempioni bo'lgan 29 yoshli Kempbell esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul
qilib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar