03 jan 18:59
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul” Ekvador terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi
Mersisaydliklar Ekvador terma jamoasining 21 yoshli markaziy himoyachisi Xoel Ordones bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.
Futbolchining transfer narxi 49,3 mln evroga baholanmoqda. Ordones 2022 yilda Ekvadorning "Independente del Vale" klubidan Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga o'tgandi.
Manbalarning takidlashicha, futbolchiga "CHelsi" davogarlik qilgan, ammo “aristokratlar” rejadan voz kechgan. Joriy mavsumda Ordones klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi va bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Havola :
Fikrlar