02 fev 13:49
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" "Renn" himoyachisini transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi
"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jake faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi.
Klublar 20 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kelishib olgan, deb xabar bermoqda insayder Fabricio Romano. O'tish yoz faslida amalga oshadi.
Manbaga ko'ra, bitim qiymati 60 mln evroni tashkil qiladi, qo'shimcha ravishda 10 mln evro bonus ko'zda tutilgan. Franciyalik futbolchi "Liverpul" bilan shaxsiy bitim shartlarini ham kelishib olgan.
Eslatib o'tamiz, Jeremi Jake uchun kurashda "CHelsi" ham ishtirok etgan. Yaqin vaqtgacha aynan londonliklar yosh yulduz uchun poygada asosiy favorit hisoblangan, biroq mersisaydliklar otni tezroq qamchiladi.

Havola :
Fikrlar