28 dek 17:14
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul” Rodrigo uchun qancha to'lashga tayyorligi malum bo'ldi
Angliyaning "Liverpul” klubi "Real"ning 24 yoshli braziliyalik hujumchisi Rodrigo bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.
Muhammad Salohning jamoadan ketishi fonida inglizlarning hujumchiga qiziqishi ortdi.
Insayderlarning takidlashicha, "Liverpul” Rodrigo uchun 50-60 mln evro to'lashga tayyor. Tez orada Arne Slot jamoasi rasmiy taklifni “qaymoqranglilar”ga yuborishi mumkin.
Rodrigo 2020 yildan beri "Real"da o'ynamoqda. Bu mavsumda hujumchi La Ligada 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan.

Havola :
Fikrlar