02 mar 17:32
Yangiliklar
"Liverpul" Salohga o'rinbosar topdi. Klub PSJ yulduzini transfer qilmoqchi
"Topskills Sports UK" malumotlariga ko'ra, "Liverpul" PSJ vingeri Xvicha Kvaracxeliyani Muxammad Salohga o'rinbosar sifatida asosiy maqsad qilib belgilagan. Saloh katta ehtimol bilan joriy mavsum oxirida "Enfild"ni tark etadi. Angliya klubi gruziyalik vingerini sotib olish borasidagi harakatlarini kuchaytirgan, uni misrlik yulduzning ideal vorisi deb hisoblamoqda.
Xabarlarga ko'ra, "Liverpul"ning Xvichaga qiziqishi to'satdan paydo bo'lmagan: klub skautlari uni "Napoli"da o'ynagan davrlaridan beri kuzatib kelgan. Uning PSJga o'tishi ortidan qiziqish biroz susaygan bo'lsa-da, Salohning ehtimoliy ketishi "Liverpul" rahbariyatini qatiy harakat qilishga undagan.

Qolaversa, manbalar Kvaracxeliya har doim "qizil" libosni kiyish va "Enfild"da muxlislar oldida o'ynashni orzu qilganini qayd etmoqda.
Gruzin futbolchisi ushbu mavsum parijliklar safida 32 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
Mersisaydliklar tarkibida Xvichaning vatandoshi – darvozabon Giorgi Mamardashvili ham to'p tepayotganini takidlash joiz.
Fikrlar