12 noy 12:55
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" yanvarda PSJ etakchisi uchun 130 million evro to'lashi mumkin
Caught Offside xabariga ko'ra, "Liverpul" qishki transfer oynasi oldidan PSJ yarim himoyachisi Vitinyani diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "qizillar"ning skautlar bo'limi 25 yoshli futbolchini Evropaning texnik jihatdan eng qobiliyatli yarim himoyachilaridan biri deb hisoblamoqda.
PSJ Vitinyaga 130 million evrolik taklif tushsa, futbolchini sotishga tayyor ekanligini malum qilgan. Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchini “Liverpul”dan tashqari “Yuventus” va “Arsenal” ham kuzatib bormoqda.
Vitinya joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Transfermarkt portalidagi malumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 90 million evroga teng.

Havola :
Fikrlar