06 may 17:05
Yangiliklar

Lomachenko: Doimo Rossiya, Ukraina, Belarusni bitta xalq deb hisoblab kelganman
Filmda Lomachenko Rossiyaga bo'lgan munosabati haqida gapiradi.
"Rossiyada ko'plab do'stlarim, qarindoshlarim bor. SHuningdek rossiyalik raqiblarim ham etarli. Ular bilan doimo gaplashib turaman, do'stlashaman, munosabatlarni ushlab turaman.
Ular bilan munosabatlarni shunchaki to'xtatib qo'ya olmayman. To'g'risini aytsam, urush haqidagi gaplar aqlimga sig'mayapti.
Umuman olganda biz bitta xalqmiz. Menga bolaligimdan Rossiya, Ukraina, Belarus degan tushunchalar bo'lmagan. Ular turli odamlar, turli mamlakatlar hisoblanmasdi.
Doimo biz bitta xalqmiz deb hisoblab kelganman. Biz barchamiz provaslav xristianlarmiz va bitta erda yashaymiz. Bugun esa bizdan princip va ishonchni o'zgartirishni so'rashmoqda", - dedi Lomachenko.
Fikrlar