07 may 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko hamyurtiga qarshi ringga chiqishi mumkin
Engil vazn toifasida WBO va WBA yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko hamyurti Denis Berinchikka qarshi jang o'tkazishi mumkin.
Aynan Berinchik shu yilning o'zidayoq Lomachenkoning WBO kamariga rasmiy davogarga aylana oladi. Hozirda Denis engil vaznda WBO International chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi.
Ukraina boks afsonasi Vladimir Klichko ham Berinchik - Lomachenko jangining o'tkazilish tarafdori bo'lishini aytgan edi. Denis kuni kecha WBO International kamarini yaponiyalik Arakavadan himoya qilgandi.
Havola :
Fikrlar