22 apr 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko - Lopes. Arum jangni muxlislarsiz tashkil etishga rozimi?
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o'rtasidagi jangni muxlislarsiz tashkil etmoqchi emas.
"Jangni muxlislarsiz o'tkazish juda qiyin bo'ladi. Boks kabi sport turi uchun chiptalar sotuvidan tushadigan pul katta ahamiyatga ega. Muxlislarsiz jangni tasavvur qila olmayapman. Biz aviaparvozlarga qo'yilgan taqiqlar olib tashlanmaguncha Lomachenko ishtirokidagi jangni o'tkaza olmaymiz", - dedi Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar