12 iyu 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko - Lopes jangi sentyabrgacha o'tkazilmaydi
Promouter Bob Arum Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes jangi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Men ushbu jangni sentyabrgacha tashkil etmoqchi emasman. Rejamiz o'zgarmagan - biz haliyam Lomachenkoning Lopesga qarshi jangini o'tkazmoqchimiz. Umid qilamanki, Nevada gubernatori sentyabr oyida muxlislar ishtirokidagi boks janglariga ham ruxsat beradi.
Biz koronavirus boshqa umuman bezovta qilmasligini istaymiz. Agar kasallik ketsa biz ozgina muxlislar bilan bo'lsada janglar o'tkazmoqchimiz. Lekin bunday vaziyat faqatgina vakcina topilganida o'z joyiga qaytishi mumkin", - dedi Bob Arum.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Lopes o'rtasidagi jang shu yilning 30 may kuni tashkil etilishi lozim edi. Lekin, koronavirus sabab ushbu to'qnashuv bekor qilingandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar