20 may 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko - Lopes jangining yangi sanasi haqida malumot berildi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o'rtasidagi jangning tashkiliy masalalari haqida gapirdi.
"Biz muxlislarsiz janglardan imkon qadar chekinishga harakat qildik. Lekin, bokschilar tezroq jang qilishni istashmoqda. SHuning uchun, biz sentyabr oyiga jang tashkil qilishni rejalashtiryapmiz.
Albatta biz omma oldida janglar tashkil qilishni juda istagandik. Lekin buning qay darajada imkoni bor? Muxlislar qarshisida jang qilish imkoni qachon paydo bo'ladi. Qachon Loma AQSHga keladi? Klimas uni iyunda AQSHga chaqirmoqchi, o'shanda biz jang uchun yangi sana tanlaymiz", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, Lopes - Lomachenko jangi 30 mayga belgilangandi. Lekin koronavirus sabab, to'qnashuv boshqa muddatga qoldirildi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar