03 okt 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Rigondo bilan jangi uchun AQSHga jo'nab ketdi
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (9-1, 7 KO) o'z jamoasi bilan birga AQSHga jo'nab ketdi.
Lomachenko okean ortida Gilermo Rigondo (18-0, 11 KO) bilan bo'lib o'tadigan chempionlik jangiga tayyorgarlikni davom ettiradi. Vasiliy Lomachenko va Gilermo Rigondo o'rtasidagi jang 9 dekabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik
chempion o'zining so'nggi jangida Migel Marriaga (25-3, 21 KO) bilan to'qnash
kelgan va raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan holda WBO chempionlik
kamarini himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar