27 may 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko vs Kempbell. Jang rasman uchta kamar uchun kechadi
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko o'z kamarlari sonini uchtaga etkazib olishi mumkin.
Ukrainalik bokschi navbatdagi jangini britaniyalik Lyuk Kempbellga qarshi o'tkazadi. Bokschilar rasman jang shartnomasiga imzo chekishdi. Jang g'olibi Lomachenkoning ikkita kamari va ayni paytda vakant bo'lib turgan WBC kamarini qo'lga kiritadi.
Bu haqda taniqli promouter Bob Arum J Calderon Boxing Talk kanaliga bergan intervyusida malum qildi. Arumning so'zlariga tayanadigan bo'lsak, jang yoz faslining oxirlarida o'tkaziladi. Jang katta ehtimol bilan Buyuk Britaniyada bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar