19 iyu 20:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko vs Lopes. SHov-shuvlarga sabab bo'layotgan birlashtiruvchi chempionlik jangi sanasi malum
Engil vazn toifasida anchadan beri kutilayotgan birlashtiruvchi chempionlik jangi sanasi malum qilindi.
Bu malumotni taniqli promouter, Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ham tasdiqladi. Yil jangida ukrainalik Vasiliy Lomachenko (14-1-0, 10 KO) hamda amerikalik Teofimo Lopes (15-0-0, 12 KO) o'zaro to'qnash kelishadi.
Mutlaq jahon chempioni nomini aniqlab beruvchi jang 19 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi. Mandalay Bay va T-Mobile arenalari ham boks oqshomiga nomzod arena sifatida taklif etilgan. Lomachenko - Lopes jangi muxlislar bilan o'tkaziladi, chiptalar esa kutilganidan ham qimmat narxda sotiladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar