29 apr 14:32
Yangiliklar

London 2040 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun ariza bermoqchi
"Men sportni yaxshi ko'radigan va uni tomosha qilishdan foyda ko'radigan odamman. Buning iqtisodiy tomonlarini hisob-kitob qilishimiz kerak.
Doimo Londonni dunyo sportining poytaxti qilishni va bu poziciyani mustahkamlashni istaganman. Bu boks bo'ladimi yoki Milliy futbol ligasi, Media futbol ligasi bo'ladimi, farqi yo'q. Biz shuningdek Londonga basketbolni olib kelish borasida MBA bilan muzokaralar olib boryapmiz. Bu muhim deb hisoblayman. Hisobotlar bizga bularni iqtisodiy tomonlama qanday bo'lishini bilish imkonini beradi.
Men London Olimpiya o'yinlarini to'rt marotaba qabul qilgan ilk shahar bo'lishini istardim", - dedi Xon.
Malumot uchun, bungacha 1908, 1948 va 2012 yillarda Londonda Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tgan.
Fikrlar