So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

03 sen 09:17
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining rasmiy ramzi elon qilindi

Teglar :  OlimpiadaAQSH
2028 yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining Tashkiliy qo'mitasi bo'lajak musobaqaning rasmiy ramzlarini elon qildi.

Mezbonlarning fikricha, tomoshabinlar mazkur ramz orqali shaharning ko'pqirrali kuchini ko'rib olishlari mumkin.

Raqamli davr uchun tayyorlangan animacion ramz vaqt o'tishi bilan rivojlanib, o'zining cheksiz imkoniyatlarini aks ettiradigan shahar ruhini ifodalaydi.

“Los-Anjeles o'ziga xoslikni talab qiladi. Uni bir so'z bilan ifoda qilishning imkoni yo'q. SHahardagi har bir tuman, mavze va aholi o'ziga xos ahamiyatga ega. LA-2028 O'yinlari bizning jamoaviy ijodkorligimizni, birgalikdagi kuchimizni ifoda qiladi”, – deydi Tashkiliy qo'mita rahbari Keysi Vasserman.

LA-28 ramzida L harfi jasoratni, 2 va 8 raqamlari esa “A” harfining dinamikasi o'zgarib turadigan voqealar qatorini ifodalaydi.

“Los-Anjeles – bu millionlab insonlar va yuzlab lahjalarni birlashtiradigan maskan. Hech kim hech qachon bo'lajak O'yinlar va Los-Anjelesning bor salobatini to'liq ifodalay olmaydi”, – deydi LA-2028 marketing direktori Emi Glison.

LA-2028 ramzi qandaydir diqqatga sazovor joy emas, balki ijodkorlik, o'z qirralarini namoyish qilish imkonini beruvchi platformadir.

“Birgalikda ijodkorlik imkoniyati cheksizdir”, – deydi Keysi Vasserman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing