11 fev 07:58
Yangiliklar
Lutfullaev - Parijdagi “Katta Dubulg'a” turniri vice-chempioni!
Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini to'rt nafar sportchi himoya qilyapti. Ularning uch nafari ilk kungi bahslarda tatamiga chiqdi. Hamyurtlarimizdan SHarofiddin Lutfullaev finalgacha etib etib borib, yakunda kumush medalni qo'lga kiritdi.
-60kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHarofiddin o'z guruhida koreyalik Xarim Li va franciyalik Sedrik Revolni mag'lub etdi. Yarim finalda braziliyalik Felipe Pelimdan ustun keldi. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa yaponiyalik mashhur sportchi Toru SHishimega yutqazib qo'ydi.
Kechagi bahslarda ishtirok etgan qolgan dzyudochilarimiz - Sardor Nurullaev (-66kg) va Hikmatulloh To'raev (-73kg)lar guruh bosqichidayoq raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Fikrlar