29 mar 16:03
Yangiliklar
Dzyudo

Lutfullaevda mag'lubiyat, lekin bronza uchun imkoniyat bor
Xabar berganimizdek, bugun Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlandi.
O'zbekistonlik dzyudochilarning ishtirokini -60 kg vazndagi vakilimiz SHarofiddin Lutfullaev boshlab bergandi. Ikkinchi davradan bahslarga qo'shilgan yurtdoshimiz qozog'istonlik nomdor raqibi Rustam Ibraevni mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, u yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda franciyalik Valid Xyarga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi SHarofiddin bronza medali uchun kurashadi. Bu yo'ldagi ilk raqib rossiyalik Yago Abuladze bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar