22 may 07:31
Yangiliklar
Macedonian Open. Fomin 5/2 hisobida oldinda bora turib yakunda yutqazdi
Mukofot jamg'armasi 75 000 evroni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi turnirdagi ishtirokini saralash bahslaridan boshlagan va ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'l olgandi.
Afsuski, ATP reytingida 654-pog'onada borayotgan Fomin Macedonian Open turnirining asosiy to'r ilk davra uchrashuvida ATP reytingida 664-pog'onada avstriyalik Joel SHverclerga juda alamli tarzda yutqazib qo'ydi.
Birinchi set 7/5 hisobida tennischimiz foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda 5/2 hisobida oldinda borayotgan Fomin g'alabaga juda yaqin edi. Matchboldan foydalana olmadi. Natijada Joel ketma-ket 5 ta geymni o'z foydasiga hal qilib, setlar bo'yicha muvozanatni tikladi - 7/5. Hal qiluvchi uchinchi setning uchinchi geymidan keyin esa Sergey kurashni davom ettira olmasligini malum qildi va SHvercler keyingi davraga, Fomin esa uyga yo'l oldi.
Fikrlar