22 okt 17:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Machado Korralesni nokautga uchratib, yangi jahon chempioniga aylandi
Puertorikalik bokschi Alberto Machado (19-0, 16 KO) engil vazn toifasida WBA Super yo'nalishining yangi chempioniga aylandi.
Machado ushbu chempionlik kamarining endilikda sobiq sohibi panamalik Xesril Korrales (22-2, 8 KO) bilan to'qnash keldi va raqibini sakkizinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Etiborlisi, beshinchi raundda Machado nokdaun holatiga
tushib qolgandi. Lekin vaziyatdan chiqib keta olgan Alberto yakunda ikkinchi yarim
engil vazn toifasida WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar