24 fev 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Madiyar Saidrahimov va Saidjamshid Jafarov Moskvada ringga chiqdi
Rossiya Federaciyasining Moskva shahridagi "VTB Arena" majmuasida boks bo'yicha "Dinamo" jamoasi va Jahon terma jamoasi o'rtasidagi xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi.
Turnir doirasida hamyurtimiz jahon va Osiyo chempionati sovrindori Madiyar Saidrahimov va Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan ikki karra Osiyo chempioni, 2023 yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori Saidjamshid Jafarov ham ringga ko'tarildi.
Afsuski, Jahon terma jamoasi safidagi Madiyar o'z jangida rossiyalik Ramazan Dadaev, Saidjamshid esa boshqa bir rus charm qo'lqop ustasi — Egor SHapochanskiyga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda "Dinamo" jamoasi 4:1 hisobida zafar quchdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar