21 sen 17:08
Yangiliklar
Tennis
Maftunkor Ana 19 oylik tanaffusdan so'ng kortga qaytdi va sovringa ega chiqdi
Xorvatiyalik tennis malikasi Ana Konyux o'z vatanida o'tkazilgan ITF turniri g'olibasiga aylandi.
Konyux poytaxt Zagreb shahrida o'tgan turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida vatandoshi Tereza Mrdejani 6/4, 6/2 hisoblarida mag'lub etib, bosh sovrin sohibasiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Konyux jarohat sabab 2019 yilning fevralidan beri kortga chiqmay kelayotgan edi. So'nggi uch yilda u to'rtta operaciyani boshidan kechirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar