So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

06 fev 12:45
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Mag'lubiyatidan ham ko'ra "tashkiliy ishlari" bilan dunyoga tanilgan O'zbekiston tennis federaciyasi

Har galgidek yana mag'lub bo'ldik, ammo hali aytilishi lozim bo'lgan gaplar tugaganicha yo'q.

3-4 fevral kunlari poytaxtimizda "Devis Kubogi"ning 2023 yilgi final bosqichi uchun so'nggi saralashi doirasida AQSHga qarshi o'ynadik. Ikki kungi o'yin natijalariga ko'ra hisob 0:4 bo'ldi.

Natija uchun etiroz bildirayotganlar kamchilikni tashkil etadi. CHunki bu kutilgan va tabiiy holat edi. AQSH singari terma jamoalarni mag'lub etishimiz, top darajadagi tennischilarni etishtirib chiqarishimiz uchun O'zbekiston tennis federaciyasi, MOQ va vazirlikdagilar tennis uchun tizimli ishlashlari kerak bo'ladi (balki hozir ham shundaydir).

AQSH bilan o'yinning bizga keltirgan yagona foydasi (!) 17 yoshli Amir Milushevni kashf etib bergani bo'ldi. 2005 yilda Toshkentda tavallud topgan Amirga natijaga tasir etmaydigan o'yinda imkon berildi va u dunyoning 93-raqamli tennischisi Denis Kudlaga munosib qarshilik ko'rsatib mag'lub bo'ldi (4:6, 4:6). Aytish joiz, hech qaysi bir tennischimiz ikki set davomida Amirdek qarshilik ko'rsata olmadi amerikaliklarga.


Ho'p, muammo nimada?

Yuqoridagi savolni o'yinlarni televizor orqali tomosha qilgan yoki boshqa turdagi muxlislar o'ylayotgan bo'lsa, ajab emas. Muammo nimada ekanini men 3 fevral kungi o'yinlardan so'ng yozgan edim. Biroz vaqt o'tib, muammoga ana endi butun dunyo tennis vakillari to'xtala boshladi.

Yaponiyani mag'lub etganimizdan so'ng, AQSH bilan o'ynashimiz, bahsni o'zimizda qabul qilishimiz va qanday kortda o'ynashni ham o'zimiz hal qilishimiz noyabr oyining ohirida aniq bo'lib ulgargan edi. Demak bundan anglasa bo'ladiki, O'zbekiston tennis federaciyasida bahslarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish uchun naq ikki oy vaqt bo'lgan.

Ammo, Turkiya bilan o'yindan ham xulosa chiqarmagan federaciya AQSH bilan o'yinlarni ham olimpiya zahiralari kolleji qoshidagi tennis maktabi yopiq kortlarida o'tkazishga qaror qilgan. O'yinlarni arenadan kuzatgan muxlislar u er aslida katta musobaqalarni qabul qilish uchun yaratilmaganini tushunib etishdi, federaciyadagilardan farqli o'laroq.

(Foto: tennisfamilyuz)

Suratdan ko'rishingiz mumkinki, bu erda kortning ikkita ro'para qismida balkon mavjud, ammo balkonda muxlislar uchun tribunalar mavjud emas, uning o'rniga mana bunaqa stullar qo'yib chiqilgan. Eng qizig'i, ikkita balkonning ham faqatgina bir tarafi muxlislar uchun ajratilgan edi (tabloning orqa tarafi). Tablo ro'parasidagi balkondagi joylar esa ilk kunda federaciya vakillari uchun, ulardan ortsa muxlislar uchun ajratildi. Ikkinchi kuni esa federaciyaning o'zi ham joylarini AQSH elchixonasi uchun bo'shatib berdi:)

Fotograflar orqasidagi ikki qator joy esa vip qilinib, amaldor va tennischilarning yaqinlari singari shaxslarga ajratilibdi.

Jurnalistlar uchun har doimgidek joy ajratilmagan. Balki shungadir, federaciya matbuot xizmati mag'lubiyatga uchraganimiz haqidagi xabarni naq bir kundan so'ng (!) elon qilmoqda...

4 fevral kuni juftlik bahslaridan so'ng, amerikalik tennischilar Ostin Kraychek va Ram Rajiv ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi (o'zbekistonlik tennischilar matbuot anjumanida ishtirok etishni istamadi). Anjuman yaxshi o'tdi, jurnalistlar o'yin bo'yicha, shuningdek o'zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob olishdi. Ammo, matbuot anjumani o'tkazilgan xona aslida bunday tadbirlar o'tkaziladigan xona emasligi yaqqol bilinib turar edi. SHunchaki u xonaga limit bilan kirilishi kerak edi!



Mag'lubiyatidan ham ko'ra "tashkiliy ishlari" bilan dunyoga tanilgan O'zbekiston tennis federaciyasi

2019 yilda ham "Devis Kubogi"da Serbiyaga qarshi o'yin mezbonligimizda o'tgan edi. O'sha o'yinlar "Yunusobod" ko'p funkciyali sport kompleksida o'tkazilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Joylar ham ancha bemalol edi, jurnalistlar uchun ham, fotograflar uchun ham, va eng muhimi muxlislar uchun ham sharoitlar etarlicha edi "Yunusobod"da.

Bu safargi o'yinlar ham dunyo tennis vakillari etibori markazida bo'lishi turgan gap edi! SHuningdek, o'yinlar o'tkaziladigan kortlar ham.

Portugaliyalik taniqli tennis jurnalisti Xose Morgado O'zbekiston mezbonligida o'tgan bahsga o'z munosabatini bildirar ekan, saralashlar bunday joyda o'tkazilishini kutmaganlini yozadi:

"Men saralash uchun bunday joyni kutmagan edim".

Dunyoning to'rtinchi raqamli raketkasi Kasper Ruud ham bunga o'z munosabatini bildirdi:

"Hamma mamlakatlarda ham katta stadionlar yo'q, bundan tashqari ITF musobaqani tashkil etish uchun ikki oygina vaqt berganida, kichik federaciya uchun bularni rejalashtirish va o'zida qabul qilish oson bo'lmaydi".

Morgado esa Ruudga javoban O'zbekistonning AQSH bilan o'yinni kattaroq joyda o'tkazib, muxlislarni to'ldira olishi mumkin bo'lganini yozadi.

Telegram'dagi tennisologia kanali muallifi Elizaveta esa muxlislar uchun o'rindiqlar deyarli yo'qligini, asosiy etibor kortga qaratilganini yozadi.


Xullas, O'zbekiston tennis federaciyasi mag'lubiyatidan ham ko'ra o'yin avvalidagi "tashkiliy ishlari" bilan tanildi!

O'zbekiston tennis federaciyasi uchun AQSH bilan o'yinni o'tkazish bilan bog'liq sarf-xarajatlarning o'zi uchun 263 554 764 so'm ajratilgan vazirlik tomonidan. Bu pulga federaciya o'yinoldi matbuot anjumanini Hilton mehmonxonasida o'tkazgan, arenaning yoritish tizimini yaxshilagan, bannerlar tayyorlangan va hokazo. SHuningdek, o'yingacha kortda umuman kondicioner bo'lmagan. Aytish lozim, federaciya bu pullarning 40-60 millionini "Yunusobod" arenasi uchun ketkazishni istamagan va tennis maktabini tamirdan o'tkazgan.

Bundan tashqari, O'zbekiston tennis federaciyasi uchun bu yil alohida er ajratilgan. Ammo, bu haqida federaciya jim. Yana bir insayd sifatida shuni aytishim mumkinki, oktyabr oyida Toshkentga WTA tasnifidagi Open musobaqasi qaytishi kutilmoqda. 250 reyting ochkosi uchun kechadigan musobaqa haqida ham hozircha rasmiy malumot mavjud emas, sentyabr oyi ohirida elon qilinsa ham hayron qolmayman.

Eng yaxshi yo'l, O'zbekiston tennis federaciyasi jurnalistlar va muxlislar uchun matbuot anjumani tashkil etib, bu yilgi rejalari bilan o'rtoqlashishi bo'lar edi, matbuot xizmati ishlamaganiga yarasha...

Muallif - Diyorbek Mavlonov

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing