02 noy 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu Jeyk Pol bilan jang qilishi mumkin
Frensis Ngannu Jeyk Pol bilan jangda Jervonta Devisning o'rnini bosishi mumkin.
Jurnalist Mayk Koppingerning xabar berishicha, Jeyk Pol jamoasi Devisning jangda qatnasholmaslik ehtimoli tufayli yangi raqib izlamoqda. CHunki Devis sud ishlari bilan o'ralashib qolgan.
Jang 15 noyabr kuniga rejalashtirilgan, ammo ehtimol, dekabrning o'rtasiga ko'chirilishi mumkin.
Ikkinchi variant — raqibni almashtirish. Nomzodlar: Frensis Ngannu, Neyt Diaz, Rayan Garsiya va Terens Krouford.
SHuningdek, malumotlarga qaraganda Polning jamoasi Garsiya bilan ham muzokara o'tkazgan.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar