02 noy 17:36
Yangiliklar
"Uning chorlovlarini qabul qilishmayapti". Rahmatjon Ro'zioxunov Bahodir Jalolov haqida gapirdi
— Keling, uyim oldidagi kondicioner reklama bannerida har doim turgan Bahodir Jalolovni misol qilaylik! U haqiqiy yulduz — barcha media, tashqi reklama va boshqa joylarda: bir kuni kondicioner ushlab turgan bo'ladi, bir kuni elkasida televizor, yoki yashil kiyimda. Men intizom va inson omili haqida gapiryapman. Inson g'alabaga intildi, g'alaba qildi va keyin bo'shashdi. SHu paytda unga nima deysiz?
— To'g'ri aytdingiz, u juda mashhur, lekin bu faqat havaskor boksdagi g'alabalari tufayli. Hozir u professional boksga o'tdi, lekin reytingning o'rta qismida yoki undan ham pastroqda. Buni unga faqat men emas, balki uning atrofida ishlaydigan barcha odamlar esga solib turadi. U allaqachon yuqoriroq pog'onaga ko'tarilishi kerak edi, lekin haligacha o'rtada turibdi. U reytingning yuqori qismidagi raqiblarni jangga chorlaganida, ular rozi bo'lishmayapti.

Fikrlar