11 iyu 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov UFC bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Yaqin kunlarda Mahmud Muradovning navbatdagi jang sanasi aniq bo'ladi.
Bu haqida sportchi Instagramdagi sahifasida malum qildi.
"Assalomu aleykum. Oxirgi xabarlarni eshitib xursand bo'lyapman: butun dunyoda karantin choralari yumshatilmoqda va yaqinda aviaparvozlar uchun chegaralar ochiladi. Bu orada men bo'sh vaqt topib, mashg'ulotlardan so'ng kichkina malikam bilan ochiq havoda sayr qildim. InSHa Allah yaqinda o'z muxlislarimni xushxabar bilan xursand qilaman, chunki hozir biz UFC bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Yaqin kunlarda navbatdagi jang sanasi aniq bo'ladi. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat, o'zingiz va yaqinlaringizni asrang", - deb xabar qoldirgan Muradov.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar