06 noy 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/94051_220.jpg)
Mahmud Muradov UFCdagi ikkinchi jangi shartnomasiga imzo chekdi + FOTO
SHu yilning 28 sentyabr kuni UFCda debyut qilgan hamyurtimiz Mahmud Muradov tez orada o'zining ikkinchi jangini o'tkazadi.
Muradov CHexiya poytaxti Praga shahrida ikkinchi jangi uchun mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Hozircha Mahmudning raqibi kim bo'ladi, jang qachon va qaerda o'tkazilishi malum emas. U 2-3 kun ichida bu malumot elon qilinishini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov UFCdagi ilk jangini 28 sentyabr kuni Daniya poytaxti Kopengagen shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night 160 turniri doirasida italiyalik Alessio di CHirikoga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar