08 noy 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov va Trevor Smit jangi uchun rasmiy poster namoyish etildi + FOTO
Avvalroq, hamyurtimiz Mahmud Muradov 8 dekabr kuni Vashingtonda tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga ko'tarilishini elon qilgandik.
O'sha kungi jangda MMAchimizga amerikalik Trevor Smit raqiblik qiladi. Bugun UFC sayti Muradov va Smit uchun rasmiy posterini namoyish etdi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov shu yilning 28 sentyabrida Kopengagenda UFCdagi debyut jangini o'tkazgan va unda italiyalik Alessio di CHirikoni ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar