19 iyu 10:18
Yangiliklar

Mahmud Muradovning raqibi malum, u oktagonda 16 ta jang o'tkazgan!
Bu haqida Muradovning o'zi xabar berdi. Yurtdoshimiz britaniyalik Darren Styuartga qarshi jang o'tkazadi. Ikki sportchi Instagram sahifasida bir-birlari bilan dialog o'tkazib kelishayotgandi. Avvaliga Mahmud raqibiga jang taklif qilgan, Darren esa bunga darhol rozilik bergan. U "men hech qachon janglardan qochmaganman", deya Muradovga javob qaytargan.
Malumot uchun, Darren Styuart 16 ta jang o'tkazgan bo'lib, shularning 11 tasida g'alaba qozongan. Nokaut evaziga qozonilgan g'alabalari soni 7 ta! Beshta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. MMA olamidagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan.
Muradov - Styuart jangining qachon o'tkazilishi hozircha malum emas. Tez orada bu masalaga oydinlik kiritiladi. UFCning iyul oyida "Jangchilar oroli"da o'tkaziladigan to'rtta turnirida Muradov ishtirokidagi jang yo'q ekanini inobatga olsak, katta ehtimol bilan jang avgust yoki sentyabr oyida tashkil etiladi.
Fikrlar