02 may 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Dublindagi bolalar shifoxonasiga xayriya qildi FOTOREPORTAJ
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor koronavirus pandemiyasiga kurashga o'z hissasini qo'shmoqda.
Irlandiyalik sportchi poytaxt Dublindagi eng katta bolalar shifoxonasiga xayriya qildi. Uning o'zi shaxsan shifoxonaga kelib, zarur tibbiy uskunalar hamda dori-darmon vositalari taqdim etdi.
Malumotlarga qaraganda, Konor shifoxonaga 11 000 dona tibbiy niqob, 50 000 juft qo'lqop, 2000 dona vizor etkazib bergan. Makgregor pandemiyaning ilk kunidan boshlab xayriya ishlariga qo'l urib kelmoqda. U umumiy miqdorda 1 million evro xayriya qilishni rejalashtirgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar