01 apr 07:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Fergyusonga qarshi jangda Xabibni almashtirishga tayyor
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik Toni Fergyusonga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekan.
Bu malumotni irlandiyalik jangchining sobiq murabbiyi Jon Kavana ham tasdiqladi. Taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani "Tvitter" sahifasida Xabib Nurmagomedov jangdan voz kechsa, uning o'rnini kim egallaydi, degan savol bilan so'rov o'tkazdi. Xabar ostida koment qoldirgan Kavana Konor Xabibni almashtirishga tayyorligini aytgan.
Eslatib o'tamiz, hali hamon UFC 249 turnirining yangi manziliga oydinlik kiritilmagan. Fergyusonga qarshi jangda Xabibni almashtirish istagini Jastin Getji, Dastin Pore, Santyago Ponzinibbio singari UFC jangchilari bildirgan.
Havola :
Fikrlar