24 avg 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
MakGregor: "Floydda qimor o'yinlari bilan bog'liq muammolar bor"
Aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregor Meyvezerga qarshi jangda o'z g'alabasi uchun pul tikish-tikmasligi haqida gapirib o'tdi.
"Bilmadim, balki kim bilandir bahs boylasharman. Lekin, yutishimga ishonchim komil. Buni bilaman. Floydda esa qimor o'yinlari bilan bog'liq muammolar bor. U yutgan pullarini ko'rsatadi, lekin qancha yutqazayotganini aytmaydi. Balki, shuning uchun ham u jangga rozilik bergandir. Men bor etiborimni jangga qarataman, pul tikishga emas", - deydi MakGregor.
Avvalroq, Floyd Meyvezer MakGregorga qarshi jangda o'z g'alabasi uchun 5 million dollar pul tikmoqchi ekanligi haqida gap-so'zlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar