15 okt 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor keyingi jangini Fergyusonga qarshi o'tkazadimi?
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor uzoq sukunatdan so'ng nihoyat o'zining keyingi raqibi kim bo'lishini taxminan aytgandek bo'ldi.
Ushbu vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamarini Toni Fergyuson qo'lga kiritdi. Konor Tvitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida “Toni” ismini yozib qoldirgan va GTA uslubidagi suratni ham joylashtirgan.
Konorning murabbiyi Jon Kavana ushbu surat va yozuvga izoh berar ekan, qisqagina qilib, “Boshlayapmiz” degan.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi kechgan jangidan so'ng o'zining taxminiy 10 nafarga raqiblarining nomini aytgandi. Ular orasida aynan Toni Fergyuson ham bor edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar